وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ نَوْفَلٍ، أَنَّهُ قَالَ أَخْبَرَنِي عُرْوَةُ بْنُ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ أُمِّ الْمُؤْمِنِينَ، عَنْ جُدَامَةَ بِنْتِ وَهْبٍ الأَسَدِيَّةِ، أَنَّهَا أَخْبَرَتْهَا أَنَّهَا، سَمِعَتْ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ أَنْهَى عَنِ الْغِيلَةِ حَتَّى ذَكَرْتُ أَنَّ الرُّومَ وَفَارِسَ يَصْنَعُونَ ذَلِكَ فَلاَ يَضُرُّ أَوْلاَدَهُمْ " .
Judoma bint Vahb al-Asadiya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdi: «Men gʻiyla (emizikli xotinga yaqinlik qilish)dan qaytarmoqchi boʻlgan edim, keyin Rum va Fors (ahli) buni qilishlarini, ammo bu ularning bolalariga zarar qilmasligini esladim». Molik aytdi: «Gʻiyla — kishining xotini bola emizayotgan paytda unga yaqinlik qilishidir».