حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَنَّ عُبَيْدَ اللَّهِ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُتْبَةَ بْنِ مَسْعُودٍ، أَخْبَرَهُ أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مَسْعُودٍ ابْتَاعَ جَارِيَةً مِنِ امْرَأَتِهِ زَيْنَبَ الثَّقَفِيَّةِ وَاشْتَرَطَتْ عَلَيْهِ أَنَّكَ إِنْ بِعْتَهَا فَهِيَ لِي بِالثَّمَنِ الَّذِي تَبِيعُهَا بِهِ فَسَأَلَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْعُودٍ عَنْ ذَلِكَ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ فَقَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ لاَ تَقْرَبْهَا وَفِيهَا شَرْطٌ لأَحَدٍ .
Ibn Shihob (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, unga Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba ibn Masʼud (rahimahulloh) xabar berishicha, Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) xotini Zaynab as-Saqafiyadan bir joriya sotib oldi. (Zaynab) unga: ‹Agar uni sotsang, qaysi bahoga sotsang, oʻsha baho bilan u menga (qaytadi)›, deb shart qoʻydi. Abdulloh ibn Masʼud bu haqda Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan soʻradi. Umar ibn al-Xattob: ‹Unda birov uchun shart bor ekan, unga yaqinlashma›, dedi.