حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، قَالَ لاَ حُكْرَةَ فِي سُوقِنَا لاَ يَعْمِدُ رِجَالٌ بِأَيْدِيهِمْ فُضُولٌ مِنْ أَذْهَابٍ إِلَى رِزْقٍ مِنْ رِزْقِ اللَّهِ نَزَلَ بِسَاحَتِنَا فَيَحْتَكِرُونَهُ عَلَيْنَا وَلَكِنْ أَيُّمَا جَالِبٍ جَلَبَ عَلَى عَمُودِ كَبِدِهِ فِي الشِّتَاءِ وَالصَّيْفِ فَذَلِكَ ضَيْفُ عُمَرَ فَلْيَبِعْ كَيْفَ شَاءَ اللَّهُ وَلْيُمْسِكْ كَيْفَ شَاءَ اللَّهُ .
Molikka yetib kelishicha, Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu): «Bozorimizda ehtikor (mahsulotni yigʻib-toʻplab qimmatlashini kutish) yoʻqdir. Qoʻllarida ortiqcha oltini boʻlgan kishilar Allohning bizning maydonimizga tushgan rizqlaridan biriga qasd qilib, uni bizga qarshi yigʻib-toʻplab qoʻymasinlar. Lekin qaysi bir keltiruvchi qish va yozda oʻz jigarining kuchi (mashaqqati) bilan (mol) keltirsa, u — Umarning mehmonidir; Alloh xohlaganicha sotsin va Alloh xohlaganicha ushlab tursin», dedi.