حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي رَافِعٍ، مَوْلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ قَالَ اسْتَسْلَفَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَكْرًا فَجَاءَتْهُ إِبِلٌ مِنَ الصَّدَقَةِ قَالَ أَبُو رَافِعٍ فَأَمَرَنِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ أَقْضِيَ الرَّجُلَ بَكْرَهُ فَقُلْتُ لَمْ أَجِدْ فِي الإِبِلِ إِلاَّ جَمَلاً خِيَارًا رَبَاعِيًا . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَعْطِهِ إِيَّاهُ فَإِنَّ خِيَارَ النَّاسِ أَحْسَنُهُمْ قَضَاءً " .
Rasululloh ﷺ ning ozod qilgan quli Abu Rofeʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Rasululloh ﷺ (qarzga) yosh tuya oldilar, soʻng u zotga sadaqa tuyalari keldi. Abu Rofeʼ aytdi: Rasululloh ﷺ menga oʻsha kishiga uning yosh tuyasini qaytarib berishni buyurdilar. Men: ‹Tuyalar ichida faqat yaxshi, toʻrt yoshli (rabaiy) tuyani topdim, xolos›, dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Unga oʻshani bergin, chunki odamlarning yaxshisi qarzini eng chiroyli ado etadiganidir», dedilar.