حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ لِيَهُودِ خَيْبَرَ يَوْمَ افْتَتَحَ خَيْبَرَ " أُقِرُّكُمْ فِيهَا مَا أَقَرَّكُمُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ عَلَى أَنَّ الثَّمَرَ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ " . قَالَ فَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَبْعَثُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ رَوَاحَةَ فَيَخْرُصُ بَيْنَهُ وَبَيْنَهُمْ ثُمَّ يَقُولُ إِنْ شِئْتُمْ فَلَكُمْ وَإِنْ شِئْتُمْ فَلِيَ . فَكَانُوا يَأْخُذُونَهُ .
Ibn Shihob (rahimahulloh) Saʼid ibn al-Musayyab (rahimahulloh)dan rivoyat qiladiki, Rasululloh ﷺ Xaybarni fath qilgan kunlari Xaybar yahudiylariga: «Meva biz bilan sizlarning oʻrtangizda (teng) boʻlishi sharti bilan, Alloh azza va jalla sizlarni (shu yerda) qoldirgunicha men ham sizlarni bu yerda qoldiraman», dedilar. (Rovi) aytdi: Rasululloh ﷺ Abdulloh ibn Ravohani yuborar, u esa u zot bilan ular oʻrtasida (hosilni) chamalab (xars qilib) chiqar, soʻng: ‹Xohlasangiz — sizlarniki, xohlasangiz — meniki›, derdi. Shunda ular uni (chamani) qabul qilardilar.