وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ كَانَ يُكْرِي أَرْضَهُ بِالذَّهَبِ وَالْوَرِقِ . وَسُئِلَ مَالِكٌ عَنْ رَجُلٍ أَكْرَى مَزْرَعَتَهُ بِمِائَةِ صَاعٍ مِنْ تَمْرٍ أَوْ مِمَّا يَخْرُجُ مِنْهَا مِنَ الْحِنْطَةِ أَوْ مِنْ غَيْرِ مَا يَخْرُجُ مِنْهَا فَكَرِهَ ذَلِكَ .
Hishom ibn Urva (rahimahulloh) otasi (Urva rahimahulloh)dan rivoyat qiladiki, u oʻz yerini oltin va kumushga ijaraga berardi. Molikdan bir kishi haqida — u oʻz ekinzorini yuz soʻ xurmoga yoki oʻsha yerdan chiqadigan bugʻdoyga yoki oʻsha yerdan chiqmaydigan (boshqa) narsaga ijaraga bergani haqida — soʻralganda, u buni yoqtirmadi.