حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ زَيْنَبَ بِنْتِ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ وَإِنَّكُمْ تَخْتَصِمُونَ إِلَىَّ فَلَعَلَّ بَعْضَكُمْ أَنْ يَكُونَ أَلْحَنَ بِحُجَّتِهِ مِنْ بَعْضٍ فَأَقْضِيَ لَهُ عَلَى نَحْوِ مَا أَسْمَعُ مِنْهُ فَمَنْ قَضَيْتُ لَهُ بِشَىْءٍ مِنْ حَقِّ أَخِيهِ فَلاَ يَأْخُذَنَّ مِنْهُ شَيْئًا فَإِنَّمَا أَقْطَعُ لَهُ قِطْعَةً مِنَ النَّارِ " .
Nabiy ﷺ ning zavjalari Umm Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Men faqat bir insonman, sizlar esa oldimga nizolaringizni olib kelasizlar. Ehtimol, baʼzingiz oʻz hujjatini (dalilini) boshqasidan koʻra ustaroq (chiroyliroq) bayon qilar, men esa undan eshitganimga koʻra uning foydasiga hukm qilarman. Bas, kimga birodarining haqqidan biror narsani (nohaq) hukm qilib bersam, u undan hech narsa olmasin, chunki men unga faqat doʻzaxdan bir boʻlak kesib berayotgan boʻlaman», dedilar.