وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدٍ الْقَارِيِّ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ قَالَ قَدِمَ عَلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ رَجُلٌ مِنْ قِبَلِ أَبِي مُوسَى الأَشْعَرِيِّ فَسَأَلَهُ عَنِ النَّاسِ، فَأَخْبَرَهُ ثُمَّ، قَالَ لَهُ عُمَرُ هَلْ كَانَ فِيكُمْ مِنْ مُغَرِّبَةِ خَبَرٍ فَقَالَ نَعَمْ رَجُلٌ كَفَرَ بَعْدَ إِسْلاَمِهِ . قَالَ فَمَا فَعَلْتُمْ بِهِ قَالَ قَرَّبْنَاهُ فَضَرَبْنَا عُنُقَهُ . فَقَالَ عُمَرُ أَفَلاَ حَبَسْتُمُوهُ ثَلاَثًا وَأَطْعَمْتُمُوهُ كُلَّ يَوْمٍ رَغِيفًا وَاسْتَتَبْتُمُوهُ لَعَلَّهُ يَتُوبُ وَيُرَاجِعُ أَمْرَ اللَّهِ ثُمَّ قَالَ عُمَرُ اللَّهُمَّ إِنِّي لَمْ أَحْضُرْ وَلَمْ آمُرْ وَلَمْ أَرْضَ إِذْ بَلَغَنِي .
Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdul-Qoriy otasidan rivoyat qiladiki, u shunday dedi: Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning huzuriga Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu) tarafidan bir kishi keldi. Umar undan odamlarning (ahvoli) haqida soʻradi, u ham xabar berdi. Soʻng Umar unga: ‹Sizlarda biror gʻaroyib xabar boʻldimi?› dedi. U: ‹Ha, bir kishi Islomni qabul qilganidan keyin kofir boʻldi›, dedi. Umar: ‹Uni nima qildingiz?› dedi. U: ‹Uni (oldga) yaqinlashtirib, boʻynini urdik›, dedi. Shunda Umar: ‹Uni uch kun ushlab, har kuni bir non yedirib, tavbaga undamadingizmi — shoyad u tavba qilib, Allohning amriga qaytsa?› dedi. Soʻng Umar: ‹Ey Alloh, men (bu ishda) hozir boʻlmadim, buyurmadim va menga yetganda rozi ham boʻlmadim›, dedi.