قَالَ يَحْيَى قَالَ مَالِكٌ عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سُنَيْنٍ أَبِي جَمِيلَةَ، رَجُلٌ مِنْ بَنِي سُلَيْمٍ أَنَّهُ وَجَدَ مَنْبُوذًا فِي زَمَانِ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ قَالَ فَجِئْتُ بِهِ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ فَقَالَ مَا حَمَلَكَ عَلَى أَخْذِ هَذِهِ النَّسَمَةِ فَقَالَ وَجَدْتُهَا ضَائِعَةً فَأَخَذْتُهَا . فَقَالَ لَهُ عَرِيفُهُ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ إِنَّهُ رَجُلٌ صَالِحٌ . فَقَالَ لَهُ عُمَرُ أَكَذَلِكَ قَالَ نَعَمْ . فَقَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ اذْهَبْ فَهُوَ حُرٌّ وَلَكَ وَلاَؤُهُ وَعَلَيْنَا نَفَقَتُهُ .
Molik Ibn Shihobdan, u Banu Sulaymdan boʻlgan Sunayn Abu Jamiladan rivoyat qilishicha, u Umar ibn al-Xattob zamonida bir tashlandiq bolani topib oldi. U aytdi: «Men uni Umar ibn al-Xattobning oldiga olib keldim. U: ‹Bu jonni (bolani) olishingga nima sabab boʻldi?› dedi. Men: ‹Uni zoye (tashlab qoʻyilgan) holda topib oldim›, dedim. Uning boshligʻi (orifi): ‹Ey amiral-moʻʼminin, u solih kishi›, dedi. Umar unga: ‹Shundaymi?› dedi. U: ‹Ha›, dedi. Shunda Umar ibn al-Xattob: ‹Bor, u ozod; uning valosi (merosi) senga, nafaqasi esa bizning zimmamizda›, dedi.»