حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرِ بْنِ حَزْمٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ عَمْرَو بْنَ سُلَيْمٍ الزُّرَقِيَّ، أَخْبَرَهُ أَنَّهُ، قِيلَ لِعُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ إِنَّ هَا هُنَا غُلاَمًا يَفَاعًا لَمْ يَحْتَلِمْ مِنْ غَسَّانَ وَوَارِثُهُ بِالشَّامِ وَهُوَ ذُو مَالٍ وَلَيْسَ لَهُ هَا هُنَا إِلاَّ ابْنَةُ عَمٍّ لَهُ . قَالَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ فَلْيُوصِ لَهَا . قَالَ فَأَوْصَى لَهَا بِمَالٍ يُقَالُ لَهُ بِئْرُ جُشَمٍ قَالَ عَمْرُو بْنُ سُلَيْمٍ فَبِيعَ ذَلِكَ الْمَالُ بِثَلاَثِينَ أَلْفَ دِرْهَمٍ وَابْنَةُ عَمِّهِ الَّتِي أَوْصَى لَهَا هِيَ أُمُّ عَمْرِو بْنِ سُلَيْمٍ الزُّرَقِيِّ .
Molik menga Abdulloh ibn Abu Bakr ibn Hazmdan, u otasidan rivoyat qilishicha, Amr ibn Sulaym az-Zuraqiy unga xabar berdiki, Umar ibn al-Xattobga: «Bu yerda Gʻassondan boʻlgʻan, hali balogʻatga yetmagan bir oʻsmir bola bor. Uning vorisi Shomda. Oʻzi mol-mulk egasi, bu yerda esa uning amakisining qizidan boshqa (qarindoshi) yoʻq», deyildi. Umar ibn al-Xattob: «Unga (amaki qiziga) vasiyat qilsin», dedi. (Amr) dedi: Shunda u (bola) unga Biʼr Jusham deb atalgan bir molni vasiyat qildi. Amr ibn Sulaym aytdi: Bas, oʻsha mol oʻttiz ming dirhamga sotildi. U vasiyat qilgan amakisining qizi esa — Amr ibn Sulaym az-Zuraqiyning onasi edi.