وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُتْبَةَ بْنِ مَسْعُودٍ، أَنَّ رَجُلاً، مِنَ الأَنْصَارِ جَاءَ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِجَارِيَةٍ لَهُ سَوْدَاءَ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ عَلَىَّ رَقَبَةً مُؤْمِنَةً فَإِنْ كُنْتَ تَرَاهَا مُؤْمِنَةً أُعْتِقُهَا . فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَتَشْهَدِينَ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ " . قَالَتْ نَعَمْ . قَالَ " أَتَشْهَدِينَ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ قَالَتْ نَعَمْ . قَالَ " أَتُوقِنِينَ بِالْبَعْثِ بَعْدَ الْمَوْتِ " . قَالَتْ نَعَمْ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَعْتِقْهَا " .
Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba ibn Masʼud (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, ansorlardan bir kishi Rasululloh ﷺ huzurlariga oʻzining qora churi (jariya)si bilan kelib: «Yo Rasululloh, zimmamda bir moʻmin qulni ozod qilish (bor). Agar siz uni moʻmina deb koʻrsangiz, men uni ozod qilaman», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ u (churi)ga: «Allohdan oʻzga iloh yoʻqligiga guvohlik berasanmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Muhammad Allohning Rasuli ekaniga guvohlik berasanmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Oʻlimdan keyin qayta tirilishga ishonasanmi?» dedilar. U: «Ha», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Uni ozod qilgin», dedilar.