وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عُرْوَةَ بْنَ الزُّبَيْرِ، وَسُلَيْمَانَ بْنَ يَسَارٍ، كَانَا يَقُولاَنِ الْمُكَاتَبُ عَبْدٌ مَا بَقِيَ عَلَيْهِ مِنْ كِتَابَتِهِ شَىْءٌ . قَالَ مَالِكٌ وَهُو رَأْيِي . قَالَ مَالِكٌ فَإِنْ هَلَكَ الْمُكَاتَبُ وَتَرَكَ مَالاً أَكْثَرَ مِمَّا بَقِيَ عَلَيْهِ مِنْ كِتَابَتِهِ وَلَهُ وَلَدٌ وُلِدُوا فِي كِتَابَتِهِ أَوْ كَاتَبَ عَلَيْهِمْ وَرِثُوا مَا بَقِيَ مِنَ الْمَالِ بَعْدَ قَضَاءِ كِتَابَتِهِ .
Molikka yetib kelishicha, Urva ibn Zubayr va Sulaymon ibn Yasor (rahimahumulloh): «Mukotab, zimmasida kitobatidan biror narsa qolar ekan, qul (hisoblanadi)», derdilar. Molik aytdi: «Bu — mening ham fikrim». Molik aytdi: «Agar mukotab vafot etib, zimmasida qolgan kitobatidan koʻproq mol qoldirsa va uning kitobati davomida tugʻilgan yoki oʻzi bilan birga kitobat qilingan bolalari boʻlsa, ular kitobati ado etilgach ortib qolgan molni meros qilib oladilar».