حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ يَعْقُوبَ بْنِ زَيْدِ بْنِ طَلْحَةَ، عَنْ أَبِيهِ، زَيْدِ بْنِ طَلْحَةَ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ، أَنَّهُ أَخْبَرَهُ أَنَّ امْرَأَةً جَاءَتْ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَخْبَرَتْهُ أَنَّهَا زَنَتْ وَهِيَ حَامِلٌ فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اذْهَبِي حَتَّى تَضَعِي " . فَلَمَّا وَضَعَتْ جَاءَتْهُ فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اذْهَبِي حَتَّى تُرْضِعِيهِ " . فَلَمَّا أَرْضَعَتْهُ جَاءَتْهُ فَقَالَ " اذْهَبِي فَاسْتَوْدِعِيهِ " . قَالَ فَاسْتَوْدَعَتْهُ ثُمَّ جَاءَتْ فَأَمَرَ بِهَا فَرُجِمَتْ .
Molik Yaʼqub ibn Zayd ibn Talhadan, u otasi Zayd ibn Talhadan, u Abdulloh ibn Abu Mulayka (rahimahulloh)dan rivoyat qiladiki, u xabar berdi: Bir ayol Rasululloh ﷺ ning oldilariga kelib, u zotga oʻzi zino qilganini va homilador ekanini xabar qildi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Borgin, tugʻib olguningcha (kut)», dedilar. U tugʻqach, yana u zotning oldilariga keldi. Rasululloh ﷺ unga: «Borgin, uni emizib (voyaga yetkazguningcha kut)», dedilar. U bolani emizgach, yana keldi. U zot: «Borgin, uni (birovga) topshirib qoʻygin», dedilar. U bolani topshirib, soʻng keldi. Shunda u zot uning haqida amr qildilar va u rajm qilindi.