حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللَّهِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُتْبَةَ بْنِ مَسْعُودٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّهُ قَالَ سَمِعْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، يَقُولُ الرَّجْمُ فِي كِتَابِ اللَّهِ حَقٌّ عَلَى مَنْ زَنَى مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ إِذَا أُحْصِنَ إِذَا قَامَتِ الْبَيِّنَةُ أَوْ كَانَ الْحَبَلُ أَوْ الاِعْتِرَافُ .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: Men Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim: «Rajm (toshboʻron qilish) Allohning Kitobida — erkaklardan va ayollardan zino qilib, muhsan (nikohli ozod) boʻlgan kishilar uchun — haqdir; qachonki (buning uchun) aniq dalil qoim boʻlsa yoki homiladorlik boʻlsa yoxud iqror boʻlsa».