حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَطَبَ النَّاسَ فِي بَعْضِ مَغَازِيهِ - قَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ - فَأَقْبَلْتُ نَحْوَهُ فَانْصَرَفَ قَبْلَ أَنْ أَبْلُغَهُ فَسَأَلْتُ مَاذَا قَالَ فَقِيلَ لِي نَهَى أَنْ يُنْبَذَ فِي الدُّبَّاءِ وَالْمُزَفَّتِ .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ baʼzi gʻazotlarida odamlarga xutba qildilar. Abdulloh ibn Umar aytadi: «Men u zot tomon yaqinlashdim, biroq u kishi men yetib bormasimdan (xutbani) tugatdilar. Men u zot nima deganlarini soʻradim. Menga: ‹U zot qovoq (idish)da va smola surtilgan xumda nabiz (ichimlik) tayyorlashdan qaytardilar›, deyildi».