وَحَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ كَانَ يُسَوِّي بَيْنَ الأَسْنَانِ فِي الْعَقْلِ وَلاَ يُفَضِّلُ بَعْضَهَا عَلَى بَعْضٍ . قَالَ مَالِكٌ وَالأَمْرُ عِنْدَنَا أَنَّ مُقَدَّمَ الْفَمِ وَالأَضْرَاسِ وَالأَنْيَابِ عَقْلُهَا سَوَاءٌ وَذَلِكَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " فِي السِّنِّ خَمْسٌ مِنَ الإِبِلِ " . وَالضِّرْسُ سِنٌّ مِنَ الأَسْنَانِ لاَ يَفْضُلُ بَعْضُهَا عَلَى بَعْضٍ .
Hishom ibn Urva (rahimahulloh)ning otasi (Urva) (rahimahulloh)dan rivoyat qilinishicha, u barcha tishlarni diyada teng qilar, baʼzisini baʼzisidan afzal (koʻp) qilmas edi. Molik aytdi: «Bizdagi amal shuki, ogʻiz oldidagi tishlar, oziq tishlar va qoziq tishlarning diyasi barobardir. Chunki Rasululloh ﷺ: ‹Tishda besh tuya bor›, deganlar. Oziq tish ham tishlardan bir tishdir, baʼzisi baʼzisidan afzal (koʻp) qilinmaydi».