حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ، أَنَّ سَائِبَةً، أَعْتَقَهُ بَعْضُ الْحُجَّاجِ فَقَتَلَ ابْنَ رَجُلٍ مِنْ بَنِي عَائِذٍ فَجَاءَ الْعَائِذِيُّ أَبُو الْمَقْتُولِ إِلَى عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ يَطْلُبُ دِيَةَ ابْنِهِ فَقَالَ عُمَرُ لاَ دِيَةَ لَهُ . فَقَالَ الْعَائِذِيُّ أَرَأَيْتَ لَوْ قَتَلَهُ ابْنِي فَقَالَ عُمَرُ إِذًا تُخْرِجُونَ دِيَتَهُ فَقَالَ هُوَ إِذًا كَالأَرْقَمِ إِنْ يُتْرَكْ يَلْقَمْ وَإِنْ يُقْتَلْ يَنْقَمْ .
Abu Zinod (rahimahulloh)dan, u Sulaymon ibn Yasor (rahimahulloh)dan rivoyat qilishicha, hojilardan biri ozod qilgan bir soiba (valiysidan voz kechilgan ozod qul) Banu Oiz (qabilasi)dan bir kishining oʻgʻlini oʻldirdi. Oʻldirilganning otasi — oʻsha Oiziy — Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)ning oldiga oʻgʻlining diyasini talab qilib keldi. Umar: «Unga diya yoʻq», dedi. Oiziy: «Agar uni mening oʻgʻlim oʻldirganida (nima derding), aytchi?» dedi. Umar: «U holda uning diyasini (sen) chiqarar eding», dedi. U: «Unda bu — arqam (ilon) kabi ekan: qoʻyib berilsa chaqadi (yutadi), oʻldirilsa oʻch oladi», dedi.