وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ زِيَادٍ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ كَعْبٍ الْقُرَظِيِّ، قَالَ قَالَ مُعَاوِيَةُ بْنُ أَبِي سُفْيَانَ وَهُوَ عَلَى الْمِنْبَرِ أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّهُ لاَ مَانِعَ لِمَا أَعْطَى اللَّهُ وَلاَ مُعْطِيَ لِمَا مَنَعَ اللَّهُ وَلاَ يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْهُ الْجَدُّ مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ . ثُمَّ قَالَ مُعَاوِيَةُ سَمِعْتُ هَؤُلاَءِ الْكَلِمَاتِ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى هَذِهِ الأَعْوَادِ .
Muhammad ibn Kaʼb al-Quraziy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: «Muoviya ibn Abu Sufyon (roziyallohu anhu) minbar ustida turib shunday dedi: ‹Ey odamlar! Alloh bergan narsaga hech kimsa toʻsiq boʻla olmaydi va Alloh toʻsgan narsani hech kimsa berolmaydi; boy (nasibli) kishiga oʻz nasiba-boyligi Undan (Allohning azobidan) foyda bermas. Alloh kimga yaxshilik istasa, uni dinda faqih (chuqur tushunuvchi) qilib qoʻyadi›. Soʻng Muoviya: ‹Men bu soʻzlarni Rasululloh ﷺdan mana shu yogʻoch (minbar) ustida eshitganman›, dedi».