قَالَ يَحْيَى وَسَمِعْتُ مَالِكًا، يَقُولُ وَأَنَا أَكْرَهُ، أَنْ يَلْبَسَ الْغِلْمَانُ، شَيْئًا مِنَ الذَّهَبِ لأَنَّهُ بَلَغَنِي أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنْ تَخَتُّمِ الذَّهَبِ فَأَنَا أَكْرَهُهُ لِلرِّجَالِ الْكَبِيرِ مِنْهُمْ وَالصَّغِيرِ . قَالَ يَحْيَى وَسَمِعْتُ مَالِكًا يَقُولُ فِي الْمَلاَحِفِ الْمُعَصْفَرَةِ فِي الْبُيُوتِ لِلرِّجَالِ وَفِي الأَفْنِيَةِ قَالَ لاَ أَعْلَمُ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا حَرَامًا وَغَيْرُ ذَلِكَ مِنَ اللِّبَاسِ أَحَبُّ إِلَىَّ .
Molik aytdi: «Men oʻgʻil bolalarning biror oltin taqishini yoqtirmayman, chunki menga Rasululloh ﷺ oltin uzuk taqishdan qaytarganlari yetib kelgan. Shu sababli men buni erkaklarga — ularning kattasiyu kichigiga makruh deb bilaman». Yahyo aytdi: Men Molikning erkaklar uchun uylarda va hovlilarda usfur bilan boʻyalgan yopinchiqlar haqida shunday deganini eshitdim: «Men bundan biror narsani harom deb bilmayman, lekin bundan boshqa kiyim menga koʻproq yoqadi».