وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَامَ مِنَ اللَّيْلِ فَنَظَرَ فِي أُفُقِ السَّمَاءِ فَقَالَ " مَاذَا فُتِحَ اللَّيْلَةَ مِنَ الْخَزَائِنِ وَمَاذَا وَقَعَ مِنَ الْفِتَنِ كَمْ مِنْ كَاسِيَةٍ فِي الدُّنْيَا عَارِيَةٌ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَيْقِظُوا صَوَاحِبَ الْحُجَرِ " .
Ibn Shihob (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ kechasi turib, osmon ufqiga qaradilar-da: «Bu kecha xazinalardan nimalar ochildi va fitnalardan nimalar yuz berdi! Dunyoda kiyingan qancha ayol qiyomat kuni yalangʻochdir! Hujralaridagi ayollarni ibodatga uygʻotinglar!», dedilar.