وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَمِّهِ أَبِي سُهَيْلِ بْنِ مَالِكٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ كَعْبِ الأَحْبَارِ، أَنَّ رَجُلاً، نَزَعَ نَعْلَيْهِ فَقَالَ لِمَ خَلَعْتَ نَعْلَيْكَ لَعَلَّكَ تَأَوَّلْتَ هَذِهِ الآيَةَ {فَاخْلَعْ نَعْلَيْكَ إِنَّكَ بِالْوَادِي الْمُقَدَّسِ طُوًى} قَالَ ثُمَّ قَالَ كَعْبٌ لِلرَّجُلِ أَتَدْرِي مَا كَانَتْ نَعْلاَ مُوسَى قَالَ مَالِكٌ لاَ أَدْرِي مَا أَجَابَهُ الرَّجُلُ فَقَالَ كَعْبٌ كَانَتَا مِنْ جِلْدِ حِمَارٍ مَيِّتٍ .
Molik amakisi Abu Suhayl ibn Molik orqali otasidan rivoyat qilishicha, Kaʼb al-Ahbor (rahimahulloh) kavushini yechib qoʻygan bir kishiga: «Nega kavushingni yechding? Ehtimol sen ushbu oyatni — {Kavushingni yech! Sen muqaddas Tuva vodiysidasan} (Toho, 12) — deb taʼvil qilgandirsan?» dedi. Soʻng Kaʼb u kishiga: «Musoning kavushi nimadan boʻlganini bilasanmi?» dedi. Molik (Abu Suhaylning otasi): «U kishi nima deb javob berganini bilmayman», dedi. Kaʼb: «U ikkovi oʻlgan eshakning terisidan boʻlgan», dedi.