وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ سُهَيْلِ بْنِ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ضَافَهُ ضَيْفٌ كَافِرٌ فَأَمَرَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِشَاةٍ فَحُلِبَتْ فَشَرِبَ حِلاَبَهَا ثُمَّ أُخْرَى فَشَرِبَهُ ثُمَّ أُخْرَى فَشَرِبَهُ حَتَّى شَرِبَ حِلاَبَ سَبْعِ شِيَاهٍ ثُمَّ إِنَّهُ أَصْبَحَ فَأَسْلَمَ فَأَمَرَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِشَاةٍ فَحُلِبَتْ فَشَرِبَ حِلاَبَهَا ثُمَّ أَمَرَ لَهُ بِأُخْرَى فَلَمْ يَسْتَتِمَّهَا فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " الْمُؤْمِنُ يَشْرَبُ فِي مِعًى وَاحِدٍ وَالْكَافِرُ يَشْرَبُ فِي سَبْعَةِ أَمْعَاءٍ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ga bir mehmon kelibdi, u kofir edi. Rasululloh ﷺ uning uchun bir qoʻyni (sogʻishga) buyurdilar. (Qoʻy) sogʻildi, u uning sutini ichdi. Soʻng yana biri (sogʻildi), uni ham ichdi. Soʻng yana biri (sogʻildi), uni ham ichdi. Hatto u yetti qoʻyning sutini ichdi. Soʻng tongda u musulmon boʻldi. Rasululloh ﷺ uning uchun bir qoʻyni (sogʻishga) buyurdilar, u uning sutini ichdi. Soʻng yana birini (sogʻishga) buyurdilar, ammo u uni tugata olmadi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Moʻmin bitta ichakka (toʻyguncha) ichadi, kofir esa yetti ichakka (toʻyguncha) ichadi», — dedilar.