حَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أُتِيَ بِلَبَنٍ قَدْ شِيبَ بِمَاءٍ مِنَ الْبِئْرِ وَعَنْ يَمِينِهِ أَعْرَابِيٌّ وَعَنْ يَسَارِهِ أَبُو بَكْرٍ الصِّدِّيقُ فَشَرِبَ ثُمَّ أَعْطَى الأَعْرَابِيَّ وَقَالَ " الأَيْمَنَ فَالأَيْمَنَ " .
Ibn Shihob Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilishicha, Rasululloh ﷺ ga quduq suvi aralashtirilgan sut keltirildi. U zotning oʻng tomonlarida bir aʼrobiy (badaviy), chap tomonlarida Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu) bor edi. U zot ichdilar, soʻng idishni aʼrobiyga berib: «Oʻng tomondagiga, soʻng (undan keyingi) oʻng tomondagiga beriladi», dedilar.