وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ سُمَىٍّ، مَوْلَى أَبِي بَكْرٍ عَنْ أَبِي صَالِحٍ السَّمَّانِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " بَيْنَمَا رَجُلٌ يَمْشِي بِطَرِيقٍ إِذِ اشْتَدَّ عَلَيْهِ الْعَطَشُ فَوَجَدَ بِئْرًا فَنَزَلَ فِيهَا فَشَرِبَ وَخَرَجَ فَإِذَا كَلْبٌ يَلْهَثُ يَأْكُلُ الثَّرَى مِنَ الْعَطَشِ فَقَالَ الرَّجُلُ لَقَدْ بَلَغَ هَذَا الْكَلْبَ مِنَ الْعَطَشِ مِثْلُ الَّذِي بَلَغَ مِنِّي فَنَزَلَ الْبِئْرَ فَمَلأَ خُفَّهُ ثُمَّ أَمْسَكَهُ بِفِيهِ حَتَّى رَقِيَ فَسَقَى الْكَلْبَ فَشَكَرَ اللَّهُ لَهُ فَغَفَرَ لَهُ " . فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ وَإِنَّ لَنَا فِي الْبَهَائِمِ لأَجْرًا فَقَالَ " فِي كُلِّ ذَاتِ كَبِدٍ رَطْبَةٍ أَجْرٌ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir kishi yoʻlda ketayotgan edi, uni chanqoqlik qattiq qiynadi. Shunda u bir quduqni topib, unga tushdi va suv ichib chiqdi. Qarasa, bir it chanqoqdan tili osilib, nam tuproqni yalayapti. Kishi: ‹Bu itga ham menga yetgan chanqoqdek chanqoqlik yetibdi›, dedi-da, quduqqa tushib, maxsisini (etigini) suvga toʻldirdi, soʻng uni ogʻzida tishlab (yuqoriga) chiqquncha koʻtarib chiqib, itni sugʻordi. Shunda Alloh uning (bu ishidan) minnatdor boʻlib, uni magʻfirat qildi», dedilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, bizga hayvonlar (uchun qilgan yaxshiligimiz)da ham ajr bormi?» deyishdi. U zot: «Har bir nam jigarli (jonivor)da ajr bordir», dedilar.