وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ قَالَ سَمِعْتُ الْقَاسِمَ بْنَ مُحَمَّدٍ، يَقُولُ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ فَقَالَ لَهُ إِنَّ لِي يَتِيمًا وَلَهُ إِبِلٌ أَفَأَشْرَبُ مِنْ لَبَنِ إِبِلِهِ فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ إِنْ كُنْتَ تَبْغِي ضَالَّةَ إِبِلِهِ وَتَهْنَأُ جَرْبَاهَا وَتَلُطُّ حَوْضَهَا وَتَسْقِيهَا يَوْمَ وِرْدِهَا فَاشْرَبْ غَيْرَ مُضِرٍّ بِنَسْلٍ وَلاَ نَاهِكٍ فِي الْحَلْبِ .
Al-Qosim ibn Muhammad (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: «Bir kishi Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)ning oldiga kelib, unga: ‹Menda bir yetim (parvarishimda) bor, uning tuyalari bor. Uning tuyalari sutidan icha olamanmi?› dedi. Ibn Abbos: ‹Agar sen uning yoʻqolgan tuyalarini izlab (topsang), qoʻtir boʻlganlarini (moy surtib) davolasang, (suv) hovuzini suvab (taʼmirlab) qoʻysang va suv ichadigan kunida ularni sugʻorsang — u holda, (bola)ni (sutdan mahrum qilib) zarar yetkazmagan hamda (yelinini) sogʻishda (haddan oshib) charchatmagan holda ich›, dedi».