وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، أَدْرَكَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ وَمَعَهُ حِمَالُ لَحْمٍ فَقَالَ مَا هَذَا فَقَالَ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ قَرِمْنَا إِلَى اللَّحْمِ فَاشْتَرَيْتُ بِدِرْهَمٍ لَحْمًا . فَقَالَ عُمَرُ أَمَا يُرِيدُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَطْوِيَ بَطْنَهُ عَنْ جَارِهِ أَوِ ابْنِ عَمِّهِ أَيْنَ تَذْهَبُ عَنْكُمْ هَذِهِ الآيَةُ {أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَاتِكُمْ فِي حَيَاتِكُمُ الدُّنْيَا وَاسْتَمْتَعْتُمْ بِهَا }
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu) Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)ni goʻsht (yuki)ni koʻtarib ketayotgan holda uchratib qoldi. U: «Bu nima?» dedi. (Jobir): «Yo amirul moʻminin, goʻshtga ishtahamiz tortdi, men bir dirhamga goʻsht sotib oldim», dedi. Umar: «Sizlardan biror kishi qornini qoʻshnisi yoki amakivachchasidan (nasibasini) ayirib (yolgʻiz oʻzi) toʻldirishni istaydimi? Bu oyatni qayerga qoʻyasizlar: {Siz dunyo hayotingizda oʻzingizning huzur-halovatlaringizni ketkazib, ular bilan bahramand boʻlib boʻldingiz} (Ahqof 20)?» dedi.