حَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ قَيْسٍ الْمَكِّيِّ، أَنَّهُ قَالَ دُخِلَ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِابْنَىْ جَعْفَرِ بْنِ أَبِي طَالِبٍ فَقَالَ لِحَاضِنَتِهِمَا " مَا لِي أَرَاهُمَا ضَارِعَيْنِ " . فَقَالَتْ حَاضِنَتُهُمَا يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهُ تَسْرَعُ إِلَيْهِمَا الْعَيْنُ وَلَمْ يَمْنَعْنَا أَنْ نَسْتَرْقِيَ لَهُمَا إِلاَّ أَنَّا لاَ نَدْرِي مَا يُوَافِقُكَ مِنْ ذَلِكَ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اسْتَرْقُوا لَهُمَا فَإِنَّهُ لَوْ سَبَقَ شَىْءٌ الْقَدَرَ لَسَبَقَتْهُ الْعَيْنُ " .
Humayd ibn Qays al-Makkiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: «Rasululloh ﷺning oldilariga Jaʼfar ibn Abu Tolibning ikki oʻgʻli olib kirildi. U zot ularning enagasiga: ‹Nega men bularni ozib ketgan koʻryapman?› dedilar. Enagasi: ‹Yo Rasululloh, ularga koʻz tez tegadi. Bizni ularga duoxonlik (ruqya) qilishdan faqat Sizga bu (borada) nima maʼqul boʻlishini bilmaganimizgina toʻsib turibdi›, dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: ‹Ularga ruqya (duoxonlik) qilinglar, chunki agar biror narsa qadardan oʻzib keta oladigan boʻlganida, koʻz (tegishi) undan oʻzib ketardi›, dedilar».