حَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا مَرِضَ الْعَبْدُ بَعَثَ اللَّهُ تَعَالَى إِلَيْهِ مَلَكَيْنِ فَقَالَ انْظُرَا مَاذَا يَقُولُ لِعُوَّادِهِ . فَإِنْ هُوَ - إِذَا جَاءُوهُ - حَمِدَ اللَّهَ وَأَثْنَى عَلَيْهِ رَفَعَا ذَلِكَ إِلَى اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ - وَهُوَ أَعْلَمُ - فَيَقُولُ لِعَبْدِي عَلَىَّ إِنْ تَوَفَّيْتُهُ أَنْ أُدْخِلَهُ الْجَنَّةَ وَإِنْ أَنَا شَفَيْتُهُ أَنْ أُبْدِلَ لَهُ لَحْمًا خَيْرًا مِنْ لَحْمِهِ وَدَمًا خَيْرًا مِنْ دَمِهِ وَأَنْ أُكَفِّرَ عَنْهُ سَيِّئَاتِهِ " .
Ato ibn Yasor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Banda kasal boʻlganida, Alloh taolo uning oldiga ikki farishtani yuborib: ‹Qaranglar-chi, u oʻzini koʻrgani kelganlarga nima deydi?› deydi. Agar u — (kishilar) uning oldiga kelganida — Allohga hamd aytib, Uni ulugʻlasa, ular buni Alloh azza va jallaga koʻtaradilar — Alloh (esa) yaxshi biluvchidir. Shunda U: ‹Bandam uchun Mening zimmamda (shu bor)ki, agar uni vafot ettirsam — uni jannatga kiritishim, agar unga shifo bersam — unga oʻz goʻshtidan yaxshiroq goʻsht, oʻz qonidan yaxshiroq qon almashtirib berishim va uning yomonliklarini oʻchirishimdir›, deydi», dedilar.