حَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، أَنَّ رَجُلاً، فِي زَمَانِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَصَابَهُ جُرْحٌ فَاحْتَقَنَ الْجُرْحُ الدَّمَ وَأَنَّ الرَّجُلَ دَعَا رَجُلَيْنِ مِنْ بَنِي أَنْمَارٍ فَنَظَرَا إِلَيْهِ فَزَعَمَا أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ لَهُمَا " أَيُّكُمَا أَطَبُّ " . فَقَالاَ أَوَ فِي الطِّبِّ خَيْرٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَزَعَمَ زَيْدٌ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " أَنْزَلَ الدَّوَاءَ الَّذِي أَنْزَلَ الأَدْوَاءَ " .
Zayd ibn Aslam (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ zamonlarida bir kishi yaralanib, yarada qon toʻxtab (ivib) qoldi. U kishi Banu Anmor (qabilasi)dan ikki kishini chaqirdi. Ular (yaraga) qarashdi. (Zaydning) daʼvo qilishicha, Rasululloh ﷺ ularga: «Ikkovingizdan qaysingiz mohirroq tabib (davolovchi)siz?» dedilar. Ular: «Tabobatda (dori-darmonda) biror yaxshilik bormi, yo Rasululloh?» deyishdi. Zaydning daʼvo qilishicha, Rasululloh ﷺ: «Dardlarni nozil qilgan Zot davoni ham nozil qilgan», dedilar.