وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ صَفْوَانَ بْنِ سُلَيْمٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " أَنَا وَكَافِلُ الْيَتِيمِ لَهُ أَوْ لِغَيْرِهِ فِي الْجَنَّةِ كَهَاتَيْنِ إِذَا اتَّقَى " . وَأَشَارَ بِإِصْبُعَيْهِ الْوُسْطَى وَالَّتِي تَلِي الإِبْهَامَ .
Safvon ibn Sulaym (rahimahulloh)ga yetib kelishicha, Nabiy ﷺ: «Men va yetimning kafili (parvarishlovchisi) — u (yetim) oʻziniki boʻladimi yoki oʻzganikimi — agar (kafil) taqvo qilsa, jannatda mana shu ikki (barmoq)dek boʻlamiz», dedilar va oʻrta barmogʻi bilan bosh barmoqqa yondosh (koʻrsatkich) barmogʻiga ishora qildilar.