وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ خُبَيْبِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الأَنْصَارِيِّ، عَنْ حَفْصِ بْنِ عَاصِمٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَوْ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " سَبْعَةٌ يُظِلُّهُمُ اللَّهُ فِي ظِلِّهِ يَوْمَ لاَ ظِلَّ إِلاَّ ظِلُّهُ إِمَامٌ عَادِلٌ وَشَابٌّ نَشَأَ فِي عِبَادَةِ اللَّهِ
Abu Saʼid al-Xudriy (roziyallohu anhu) yoki Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Yetti (toifa) kishini Alloh Oʻz soyasidan boshqa soya boʻlmagan kunda Oʻz soyasida soyalantiradi: adolatli imom (rahbar); Allohga ibodat qilib ulgʻaygan yigit; qalbi masjidga bogʻliq boʻlgan — undan chiqqanidan qaytib kelguncha (masjidni sogʻinadigan) kishi; Alloh yoʻlida bir-birini sevib, shu (muhabbat) uchun uchrashib, shu uchun ajraladigan ikki kishi; yolgʻiz qolganda Allohni zikr qilib, koʻzlaridan yosh oqadigan kishi; obroʻli, goʻzal ayol (nafsiga) chaqirganda: ‹Men Allohdan qoʻrqaman›, deb rad etadigan kishi; hamda sadaqa berib, uni shu qadar yashiradiki, oʻng qoʻli bergan narsani chap qoʻli bilmaydigan kishi», dedilar.