وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، أَنَّهُ قَالَ سَمِعْتُ أَبَا قَتَادَةَ بْنَ رِبْعِيٍّ، يَقُولُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " الرُّؤْيَا الصَّالِحَةُ مِنَ اللَّهِ وَالْحُلْمُ مِنَ الشَّيْطَانِ فَإِذَا رَأَى أَحَدُكُمُ الشَّىْءَ يَكْرَهُهُ فَلْيَنْفُثْ عَنْ يَسَارِهِ ثَلاَثَ مَرَّاتٍ إِذَا اسْتَيْقَظَ وَلْيَتَعَوَّذْ بِاللَّهِ مِنْ شَرِّهَا فَإِنَّهَا لَنْ تَضُرَّهُ إِنْ شَاءَ اللَّهُ " . قَالَ أَبُو سَلَمَةَ إِنْ كُنْتُ لأَرَى الرُّؤْيَا هِيَ أَثْقَلُ عَلَىَّ مِنَ الْجَبَلِ فَلَمَّا سَمِعْتُ هَذَا الْحَدِيثَ فَمَا كُنْتُ أُبَالِيهَا .
Abu Qatoda ibn Ribʼiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Solih (rost) tush Allohdan, yomon tush esa shaytondandir. Bas, biringiz yoqtirmagan narsani (tushida) koʻrsa, uygʻonganda chap tomoniga uch marta (tupurgandek) puflasin va uning yomonligidan Allohdan panoh tilasin — shunda u, inshaalloh, unga zarar yetkazmaydi». Abu Salama aytdi: «Men shunday tushlar koʻrardimki, ular menga togʻdan ham ogʻirroq (tuyular) edi. Bu hadisni eshitganimdan soʻng esa ularga parvo qilmaydigan boʻldim».