وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ وَهْبِ بْنِ كَيْسَانَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرِو بْنِ عَطَاءٍ، أَنَّهُ قَالَ كُنْتُ جَالِسًا عِنْدَ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ فَدَخَلَ عَلَيْهِ رَجُلٌ مِنْ أَهْلِ الْيَمَنِ فَقَالَ السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَةُ اللَّهِ وَبَرَكَاتُهُ . ثُمَّ زَادَ شَيْئًا مَعَ ذَلِكَ أَيْضًا . قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ وَهُوَ يَوْمَئِذٍ قَدْ ذَهَبَ بَصَرُهُ مَنْ هَذَا قَالُوا هَذَا الْيَمَانِيُّ الَّذِي يَغْشَاكَ . فَعَرَّفُوهُ إِيَّاهُ . قَالَ فَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ إِنَّ السَّلاَمَ انْتَهَى إِلَى الْبَرَكَةِ . قَالَ يَحْيَى سُئِلَ مَالِكٌ هَلْ يُسَلَّمُ عَلَى الْمَرْأَةِ فَقَالَ أَمَّا الْمُتَجَالَّةُ فَلاَ أَكْرَهُ ذَلِكَ وَأَمَّا الشَّابَّةُ فَلاَ أُحِبُّ ذَلِكَ .
Muhammad ibn Amr ibn Ato (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u dedi: «Men Abdulloh ibn Abbosning huzurida oʻtirgan edim. Uning oldiga yamanlik bir kishi kirib: ‹Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh›, dedi, soʻng bunga yana biror narsa qoʻshdi. Oʻsha kunlari Ibn Abbosning koʻzi (nuri) ketgan edi, u: ‹Bu kim?›, dedi. ‹Bu — huzuringga kelib turadigan yamanlik kishi›, deyishdi va uni tanishtirdilar. Shunda Ibn Abbos: ‹Salom «barakot» (soʻzi) bilan tugaydi (yakunlanadi)›, dedi». Yahyo aytdi: Molikdan: «Ayolga salom beriladimi?», deb soʻraldi. U: «Yoshi ulgʻaygan (keksa) ayolga (salom berishni) makruh sanamayman, ammo yosh ayolga (salom berishni) yoqtirmayman», dedi.