حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرِو بْنِ عَلْقَمَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ بِلاَلِ بْنِ الْحَارِثِ الْمُزَنِيِّ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّ الرَّجُلَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلِمَةِ مِنْ رِضْوَانِ اللَّهِ مَا كَانَ يَظُنُّ أَنْ تَبْلُغَ مَا بَلَغَتْ يَكْتُبُ اللَّهُ لَهُ بِهَا رِضْوَانَهُ إِلَى يَوْمِ يَلْقَاهُ وَإِنَّ الرَّجُلَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلَمِةِ مِنْ سَخَطِ اللَّهِ مَا كَانَ يَظُنُّ أَنْ تَبْلُغَ مَا بَلَغَتْ يَكْتُبُ اللَّهُ لَهُ بِهَا سَخَطَهُ إِلَى يَوْمِ يَلْقَاهُ " .
Bilol ibn al-Horis al-Muzaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Albatta, kishi Allohning roziligiga sabab boʻladigan bir soʻzni aytadi — u bu soʻz shunchalik (yuqori) darajaga yetishini gumon ham qilmaydi — Alloh esa unga bu (soʻz) sababli Oʻziga yoʻliqadigan kunga qadar Oʻz roziligini yozib qoʻyadi. Va albatta, kishi Allohning gʻazabiga sabab boʻladigan bir soʻzni aytadi — u bu soʻz shunchalik (yomon) darajaga yetishini gumon ham qilmaydi — Alloh esa unga bu sababli Oʻziga yoʻliqadigan kunga qadar Oʻz gʻazabini yozib qoʻyadi», dedilar.