وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مَسْعُودٍ، كَانَ يَقُولُ عَلَيْكُمْ بِالصِّدْقِ فَإِنَّ الصِّدْقَ يَهْدِي إِلَى الْبِرِّ وَالْبِرَّ يَهْدِي إِلَى الْجَنَّةِ وَإِيَّاكُمْ وَالْكَذِبَ فَإِنَّ الْكَذِبَ يَهْدِي إِلَى الْفُجُورِ وَالْفُجُورَ يَهْدِي إِلَى النَّارِ أَلاَ تَرَى أَنَّهُ يُقَالُ صَدَقَ وَبَرَّ وَكَذَبَ وَفَجَرَ .
Molikka yetib kelishicha, Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) shunday der edi: «Rostgoʻylikni oʻzingizga lozim tutinglar, chunki rostgoʻylik yaxshilikka (birr) boshlaydi, yaxshilik esa jannatga boshlaydi. Yolgʻondan saqlaninglar, chunki yolgʻon fisqu fujurga boshlaydi, fujur esa doʻzaxga boshlaydi. Koʻrmaysizmi, (kishi haqida): ‹Rost soʻzladi va yaxshilik qildi› deyiladi hamda ‹Yolgʻon soʻzladi va buzuqlik qildi› deyiladi».