وَحَدَّثَنِي مَالِكٌ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مَسْعُودٍ، كَانَ يَقُولُ لاَ يَزَالُ الْعَبْدُ يَكْذِبُ وَتُنْكَتُ فِي قَلْبِهِ نُكْتَةٌ سَوْدَاءُ حَتَّى يَسْوَدَّ قَلْبُهُ كُلُّهُ فَيُكْتَبَ عِنْدَ اللَّهِ مِنَ الْكَاذِبِينَ .
Molikka yetib kelishicha, Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) shunday der edi: «Qul yolgʻon soʻzlayveradi va qalbiga bir qora nuqta chizilaveradi, nihoyat butun qalbi qorayib ketadi. Shunda u Alloh huzurida yolgʻonchilardan (biri) deb yoziladi».