باب مَا جَاءَ فِي طَلَبِ الْعِلْمِ حَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٌ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ لُقْمَانَ الْحَكِيمَ، أَوْصَى ابْنَهُ فَقَالَ يَا بُنَىَّ جَالِسِ الْعُلَمَاءَ وَزَاحِمْهُمْ بِرُكْبَتَيْكَ فَإِنَّ اللَّهَ يُحْيِي الْقُلُوبَ بِنُورِ الْحِكْمَةِ كَمَا يُحْيِي اللَّهُ الأَرْضَ الْمَيْتَةَ بِوَابِلِ السَّمَاءِ
Molikka yetib kelishicha, Luqmoni Hakim oʻgʻliga vasiyat qilib: «Ey oʻgʻilcham! Olimlar bilan hamsuhbat boʻl va ularga tizzalaring bilan (yaqinlashib) tiqilib oʻtir. Zero Alloh, oʻlik yerni osmonning quyma (moʻl) yomgʻiri bilan tiriltirgani kabi, qalblarni hikmat nuri bilan tiriltiradi», dedi.