حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى فِي الْمَسْجِدِ ذَاتَ لَيْلَةٍ فَصَلَّى بِصَلاَتِهِ نَاسٌ ثُمَّ صَلَّى اللَّيْلَةَ الْقَابِلَةَ فَكَثُرَ النَّاسُ ثُمَّ اجْتَمَعُوا مِنَ اللَّيْلَةِ الثَّالِثَةِ أَوِ الرَّابِعَةِ فَلَمْ يَخْرُجْ إِلَيْهِمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَلَمَّا أَصْبَحَ قَالَ " قَدْ رَأَيْتُ الَّذِي صَنَعْتُمْ وَلَمْ يَمْنَعْنِي مِنَ الْخُرُوجِ إِلَيْكُمْ إِلاَّ أَنِّي خَشِيتُ أَنْ تُفْرَضَ عَلَيْكُمْ " . وَذَلِكَ فِي رَمَضَانَ .
Nabiy ﷺning zavjalari Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh ﷺ bir kecha masjidda namoz oʻqidilar, u zotning namozlariga (ergashib) bir necha kishi namoz oʻqidi. Soʻng ikkinchi kechasi ham oʻqidilar, odamlar koʻpaydi. Soʻng uchinchi yoki toʻrtinchi kechasi (odamlar) toʻplanishdi, ammo Rasululloh ﷺ ular oldiga chiqmadilar. Tong otganda: «Sizlarning qilgan ishingizni koʻrdim. Meni sizlarning oldingizga chiqishimdan faqat bu (namoz) sizlarga farz qilib qoʻyilishidan qoʻrqqanim toʻsdi», dedilar. Bu Ramazonda boʻlgan edi.