وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّهُ قَالَ كُنْتُ مَعَ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ بِمَكَّةَ وَالسَّمَاءُ مُغِيمَةٌ فَخَشِيَ عَبْدُ اللَّهِ الصُّبْحَ فَأَوْتَرَ بِوَاحِدَةٍ ثُمَّ انْكَشَفَ الْغَيْمُ فَرَأَى أَنَّ عَلَيْهِ لَيْلاً فَشَفَعَ بِوَاحِدَةٍ ثُمَّ صَلَّى بَعْدَ ذَلِكَ رَكْعَتَيْنِ رَكْعَتَيْنِ فَلَمَّا خَشِيَ الصُّبْحَ أَوْتَرَ بِوَاحِدَةٍ .
Nofeʼ (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: «Men Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) bilan Makkada edim, osmon bulut edi. Abdulloh tong otishidan qoʻrqib, bir rakaat vitr oʻqidi. Soʻng bulut tarqadi va u hali tun ekanini koʻrdi, shunda (yana) bir rakaat oʻqib, uni juft qildi. Keyin ikki rakaatdan, ikki rakaatdan oʻqiyverdi, tong otishidan qoʻrqqanda esa bir rakaat vitr oʻqidi».