وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّهُ قَالَ كَانَ عُبَادَةُ بْنُ الصَّامِتِ يَؤُمُّ قَوْمًا فَخَرَجَ يَوْمًا إِلَى الصُّبْحِ فَأَقَامَ الْمُؤَذِّنُ صَلاَةَ الصُّبْحِ فَأَسْكَتَهُ عُبَادَةُ حَتَّى أَوْتَرَ ثُمَّ صَلَّى بِهِمُ الصُّبْحَ .
Yahyo ibn Saʼid (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u aytdi: «Ubodah ibn Somit (roziyallohu anhu) bir qavmga imomlik qilar edi. Bir kuni bomdodga chiqdi, muazzin bomdod namoziga iqomat aytdi, Ubodah esa uni jim qildirib, vitr oʻqib oldi, soʻng ularga bomdod (namozi)ni oʻqidi».