وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ فِي مَرَضِهِ فَأَتَى فَوَجَدَ أَبَا بَكْرٍ وَهُوَ قَائِمٌ يُصَلِّي بِالنَّاسِ فَاسْتَأْخَرَ أَبُو بَكْرٍ فَأَشَارَ إِلَيْهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ كَمَا أَنْتَ فَجَلَسَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى جَنْبِ أَبِي بَكْرٍ فَكَانَ أَبُو بَكْرٍ يُصَلِّي بِصَلاَةِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ جَالِسٌ وَكَانَ النَّاسُ يُصَلُّونَ بِصَلاَةِ أَبِي بَكْرٍ .
Urva (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ kasalliklari (payti)da chiqib keldilar va Abu Bakr (roziyallohu anhu)ni tik turib odamlarga (imom boʻlib) namoz oʻqitayotganini topdilar. Abu Bakr (orqaga) chekindi, biroq Rasululloh ﷺ unga ‹joyingda tur› deb ishora qildilar. Soʻng Rasululloh ﷺ Abu Bakrning yoniga oʻtirdilar. Abu Bakr oʻtirgan holdagi Rasululloh ﷺ ning namoziga ergashib oʻqir, odamlar esa Abu Bakrning namoziga ergashib oʻqir edilar.