وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ أَنَّ عَلِيَّ بْنَ أَبِي طَالِبٍ، وَعَبْدَ اللَّهِ بْنَ عَبَّاسٍ، كَانَا يَقُولاَنِ الصَّلاَةُ الْوُسْطَى صَلاَةُ الصُّبْحِ . قَالَ مَالِكٌ وَقَوْلُ عَلِيٍّ وَابْنِ عَبَّاسٍ أَحَبُّ مَا سَمِعْتُ إِلَىَّ فِي ذَلِكَ .
Molikka yetib kelishicha, Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) va Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo): «Oʻrtadagi namoz — bomdod namozidir», der edilar. Molik aytdi: «Bu haqda eshitganlarim ichida Ali va Ibn Abbosning soʻzi menga eng maʼqulidir».