حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي جَعْفَرٍ الْقَارِئِ، أَنَّهُ قَالَ رَأَيْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ إِذَا أَهْوَى لِيَسْجُدَ مَسَحَ الْحَصْبَاءَ لِمَوْضِعِ جَبْهَتِهِ مَسْحًا خَفِيفًا .
Abu Jaʼfar al-Qoriydan rivoyat qilinishicha, u dedi: «Men Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ni sajdaga engashganda peshonasi tegadigan joydagi mayda toshlarni yengilgina siypab qoʻyganini koʻrdim.»