حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي بَكْرِ بْنِ حَزْمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَمْرِو بْنِ سُلَيْمٍ الزُّرَقِيِّ، أَنَّهُ قَالَ أَخْبَرَنِي أَبُو حُمَيْدٍ السَّاعِدِيُّ، أَنَّهُمْ قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ نُصَلِّي عَلَيْكَ فَقَالَ " قُولُوا اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ " .
Amr ibn Sulaym az-Zuraqiydan rivoyat qilinishicha, u dedi: Menga Abu Humayd as-Soidiy (roziyallohu anhu) xabar berdiki, ular: «Yo Rasululloh, sizga qanday salavot aytamiz?» dedilar. Shunda u zot: «Aytinglar: ‹Allohumma solli alo Muhammadin va azvojihi va zurriyyatihi kamo sollayta alo oli Ibrohim, va borik alo Muhammadin va azvojihi va zurriyyatihi kamo borakta alo oli Ibrohim, innaka Hamidun Majid› (Allohim, Ibrohim oilasiga salot aytganingdek, Muhammadga, uning zavjalari va zurriyotiga salot ayt; Ibrohim oilasiga baraka berganingdek, Muhammadga, uning zavjalari va zurriyotiga baraka ber. Albatta, Sen maqtalgan va ulugʻsan)», dedilar.