وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ مُرَّةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَا تَرَوْنَ فِي الشَّارِبِ وَالسَّارِقِ وَالزَّانِي " . وَذَلِكَ قَبْلَ أَنْ يُنْزَلَ فِيهِمْ . قَالُوا اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ . قَالَ " هُنَّ فَوَاحِشُ وَفِيهِنَّ عُقُوبَةٌ وَأَسْوَأُ السَّرِقَةِ الَّذِي يَسْرِقُ صَلاَتَهُ " . قَالُوا وَكَيْفَ يَسْرِقُ صَلاَتَهُ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ " لاَ يُتِمُّ رُكُوعَهَا وَلاَ سُجُودَهَا " .
An-Nuʼmon ibn Murradan rivoyat qilinishicha, Rasululloh ﷺ: «Ichkilikboz, oʻgʻri va zinokor haqida nima deysizlar?» dedilar — bu ular haqida (hukm) nozil boʻlishidan oldin edi. Ular: «Alloh va Uning Rasuli yaxshi biladi», deyishdi. U zot: «Ular — fahsh (ishlar)dir, ularda jazo bordir. Oʻgʻrilikning eng yomoni — namozini oʻgʻirlaydigan kishinikidir», dedilar. Ular: «Yo Rasululloh, u namozini qanday oʻgʻirlaydi?» deyishdi. U zot: «Uning rukuʼini ham, sajdasini ham toʻliq bajarmaydi», dedilar.