وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مَسْعُودٍ، قَالَ لإِنْسَانٍ إِنَّكَ فِي زَمَانٍ كَثِيرٌ فُقَهَاؤُهُ قَلِيلٌ قُرَّاؤُهُ تُحْفَظُ فِيهِ حُدُودُ الْقُرْآنِ وَتُضَيَّعُ حُرُوفُهُ قَلِيلٌ مَنْ يَسْأَلُ كَثِيرٌ مَنْ يُعْطِي يُطِيلُونَ فِيهِ الصَّلاَةَ وَيَقْصُرُونَ الْخُطْبَةَ يُبَدُّونَ أَعْمَالَهُمْ قَبْلَ أَهْوَائِهِمْ وَسَيَأْتِي عَلَى النَّاسِ زَمَانٌ قَلِيلٌ فُقَهَاؤُهُ كَثِيرٌ قُرَّاؤُهُ يُحْفَظُ فِيهِ حُرُوفُ الْقُرْآنِ وَتُضَيَّعُ حُدُودُهُ كَثِيرٌ مَنْ يَسْأَلُ قَلِيلٌ مَنْ يُعْطِي يُطِيلُونَ فِيهِ الْخُطْبَةَ وَيَقْصُرُونَ الصَّلاَةَ يُبَدُّونَ فِيهِ أَهْوَاءَهُمْ قَبْلَ أَعْمَالِهِمْ .
Yahyo ibn Saiddan rivoyat qilinadiki, Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) bir kishiga shunday dedi: «Sen shunday zamondasanki, unda faqihlari (fiqh olimlari) koʻp, qorilari oz; unda Qurʼonning hadlari (hukmlari) saqlanadi-yu, harflari zoye qilinadi; soʻrovchi oz, beruvchi koʻp; unda namozni uzun, xutbani qisqa qiladilar; amallarini havolaridan (nafs istaklaridan) oldin qoʻyadilar. Odamlarga shunday zamon keladiki, unda faqihlari oz, qorilari koʻp boʻladi; unda Qurʼonning harflari saqlanadi-yu, hadlari zoye qilinadi; soʻrovchi koʻp, beruvchi oz boʻladi; unda xutbani uzun, namozni qisqa qiladilar; havolarini (nafs istaklarini) amallaridan oldin qoʻyadilar».