وَعَنْ عَلِيٍّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " لَا يُؤْمِنُ عَبْدٌ حَتَّى يُؤْمِنَ بِأَرْبَعٍ: يَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَأَنِّي رَسُولُ اللَّهِ بَعَثَنِي بِالْحَقِّ وَيُؤْمِنُ بِالْمَوْتِ وَالْبَعْثِ بَعْدَ الْمَوْتِ وَيُؤْمِنُ بِالْقَدَرِ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْن مَاجَه
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Rasululloh ﷺ: «Banda toʻrt narsaga iymon keltirmaguncha (toʻla) iymon keltirgan boʻlmaydi: Allohdan boshqa iloh yoʻqligiga va meni haq bilan yuborgan Allohning Rasuli ekanimga guvohlik berishi, oʻlimga iymon keltirishi, oʻlimdan keyin qayta tirilishga iymon keltirishi va taqdirga iymon keltirishi», dedilar. Abu Iso aytdi: Abu Dovudning Shuʼbadan (rivoyat qilgan) hadisi mening nazdimda Nazrning hadisidan asahroqdir (sahihroqdir). Uni shu tariqa bir necha kishi Mansurdan, u Ribʼiydan, u Alidan rivoyat qilgan. Bizga al-Jorud soʻzlab berdi: Vakiʼning: «Bizga Ribʼiy Islomda (umuman) hech qachon biror yolgʻon gapirmagani yetib kelgan», deganini eshitdim.