وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " أَخذ الله الْمِيثَاق من ظهر آدم بنعمان يَعْنِي عَرَفَة فَأخْرج من صلبه كل ذُرِّيَّة ذَرَاهَا فَنَثَرَهُمْ بَيْنَ يَدَيْهِ كَالذَّرِّ ثُمَّ كَلَّمَهُمْ قِبَلًا قَالَ: (أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ قَالُوا بَلَى شَهِدْنَا أَنْ تَقُولُوا يَوْمَ الْقِيَامَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَذَا غافلين أَوْ تَقُولُوا إِنَّمَا أَشْرَكَ آبَاؤُنَا مِنْ قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِنْ بَعْدِهِمْ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ المبطلون) رَوَاهُ أَحْمد
Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Undan {Eslagin, Robbing odam bolalarining belidan ularning zurriyotini olib, ularni oʻzlariga oʻzlarini guvoh qilib: «Men sizlarning Robbingiz emasmanmi?» dedi. Ular: «Ha, guvohlik berdik», dedilar. Qiyomat kunida: «Biz bundan gʻofil edik», demasligingiz uchun (shunday qildik)} (Aʼrof 172) oyati haqida soʻralganda, Umar ibn al-Xattob aytdi: «Men Rasululloh ﷺdan bu (oyat) haqida soʻralganini eshitdim. Shunda Rasululloh ﷺ: ‹Albatta, Alloh Odamni yaratdi, soʻng uning belini oʻng qoʻli bilan siladi va undan bir zurriyotni chiqardi-da: ʼBularni jannat uchun yaratdim, ular jannat ahlining amalini qiladilarʼ, dedi. Soʻng uning belini siladi va undan bir zurriyotni chiqardi-da: ʼBularni doʻzax uchun yaratdim, ular doʻzax ahlining amalini qiladilarʼ, dedi›, dedilar. Shunda bir kishi: ‹Ey Allohning Rasuli, unda amalning nima foydasi bor?› dedi. Rasululloh ﷺ: ‹Albatta, Alloh bandani jannat uchun yaratsa, uni jannat ahlining amaliga soladi, toki u jannat ahli amallaridan biri ustida vafot etib, Alloh uni jannatga kiritadi. Bandani doʻzax uchun yaratsa, uni doʻzax ahlining amaliga soladi, toki u doʻzax ahli amallaridan biri ustida vafot etib, Alloh uni doʻzaxga kiritadi›, dedilar». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Muslim ibn Yasor Umardan eshitmagan, baʼzilar bu isnodda Muslim ibn Yasor bilan Umar oʻrtasida nomaʼlum bir kishini zikr qilganlar.