وَعَن أنس أَنَّهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ صَلَّى صَلَاتَنَا وَاسْتَقْبَلَ قِبْلَتَنَا وَأَكَلَ ذَبِيحَتَنَا فَذَلِكَ الْمُسْلِمُ الَّذِي لَهُ ذِمَّةُ اللَّهِ وَذِمَّةُ رَسُولِهِ فَلَا تُخْفِرُوا اللَّهَ فِي ذمَّته» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim biz kabi namoz oʻqisa, qiblamizga yuzlansa va soʻygan (hayvon)imizdan yesa, u — musulmondir; u Alloh va Uning Rasuli zimmasi (himoyasi)dadir. Bas, Allohning zimmasida boʻlganlarga xiyonat qilib, Allohga xiyonat qilmanglar», — dedilar.