وَعَنْ جَابِرٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَمَّا بَعْدُ فَإِنَّ خَيْرَ الْحَدِيثِ كِتَابُ اللَّهِ وَخَيْرَ الْهَدْيِ هَدْيُ مُحَمَّدٍ وَشَرَّ الْأُمُورِ مُحْدَثَاتُهَا وَكُلَّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ xutba qilganlarida koʻzlari qizarar, ovozlari koʻtarilar va gʻazablari kuchayar edi, hatto goʻyo u zot bir lashkarni ogohlantirayotgan kishidek: «(Dushman) sizlarga ertalab hujum qildi, kechqurun ham hujum qildi», deyardilar. Yana: «Men va qiyomat mana bu ikkovidek (bir vaqtda) yuborildik», deb koʻrsatkich barmogʻi bilan oʻrta barmoqlarini birlashtirardilar. Yana: «Ammo baʼdu, eng yaxshi soʻz Allohning Kitobidir, eng yaxshi yoʻl Muhammadning yoʻlidir, ishlarning eng yomoni esa (dinda) yangidan toʻqib chiqarilganlaridir, har bir bidʼat zalolatdir», derdilar. Soʻng: «Men har bir moʻmin uchun uning oʻz nafsidan koʻra haqliroqman. Kim (oʻzidan keyin) mol qoldirsa, u uning ahli (vorislari) uchundir, kim qarz yoki (zoye boʻlib qoluvchi) bola qoldirsa, u menga (tegishli) va (uni hal qilish) men zimmamdadir», derdilar.